Bepul · A1 daraja · 84 ta dars
Ingliz tilini noldan,o‘zbek tilida.
Qisqa video darslar — har biri kichik hikoya. Odil va uning oilasi bilan xato qiling, taxmin qiling va to‘g‘ri gapirishni o‘rganing.
- video dars
- 84
- video dars
- mavsum, A1 daraja
- 7
- mavsum, A1 daraja
- hammasi bepul
- 0 so‘m
- hammasi bepul
Yana osh, To‘m?

Hoziroq boshlang
1-dars: Siz allaqachon inglizcha bilasiz
Taksi, metro, shokolad — bu so‘zlarni bilasiz. Birinchi darsda ularni inglizcha to‘g‘ri aytishni o‘rganasiz. Bir necha daqiqa kifoya.
- Tushuntirish — o‘zbek tilida
- Har bir inglizcha gap — tarjimasi bilan
- Har darsda — o‘zingiz aytadigan joylar
Uslubimiz
Har dars — uch qadam
Qoidani yodlamaysiz. Avval xatoni ko‘rasiz, keyin o‘zingiz o‘ylaysiz — shuning uchun esda qoladi.
1 · XatoKimdir xato qiladi
Kadr to‘xtaydi. Nima noto‘g‘ri ekanini topishga harakat qiling.
2 · TaxminNavbat sizda
Javobni ovoz chiqarib ayting — o‘ylash uchun bir necha soniya bor.
3 · To‘g‘ri javobTo‘g‘ri gap va nega shunday
Qahramonlar to‘g‘ri aytadi, qisqa tushuntirish esa o‘zbek tilida.
Qahramonlar
Ular bilan birga o‘rganasiz
Hikoyalar bitta oila hayotidan: uy, hovli, bozor, ko‘cha va dasturxon atrofida.

Odil
21 yosh, talaba
Siz kabi noldan boshlaydi. Xato qiladi — va undan o‘rganadi.

Madina
Odilning singlisi, 10 yosh
Akasining xatosini hammadan oldin topadi.

Buvi
Oilaning yuragi
Mehmonni hech qachon och qoldirmaydi: «More plov?»

To‘m
Britaniyalik sayyoh
Ingliz tili — uning ona tili. Oilada mehmon bo‘lib turadi.

Mushuk
Uyning xo‘jayini
Non, go‘sht, hatto shippak — hammasini olib qochadi.
A1 yo‘li
7 mavsum, 84 dars
Har bir mavsum — 12 ta dars va bitta hikoya. Har bir dars oldingisiga tayanadi, shuning uchun 1-darsdan boshlang.
1-mavsum · 1–12-darslarChiqmoqdaIngliz tili 0 dan
Salomlashish, tanishuv, raqamlar, I am / you are
Ko‘rish
2-mavsum · 13–24-darslarTayyor · tez oradaOilam va uyim
Oila, uy, this / that, have got, How old…?
3-mavsum · 25–36-darslarTayyor · tez oradaKunim va shahrim
Kun tartibi, I drink / she drinks, there is, joylar
4-mavsum · 37–48-darslarTayyor · tez oradaBozor va hordiq
Bozorda, some / any, How many…?, can, I like…
5-mavsum · 49–60-darslarTayyorlanmoqdaYo‘l va kecha
Yo‘l so‘rash va ko‘rsatish, was / were, o‘tgan zamon
- 6-mavsum · 61–72-darslarRejada
6-mavsum
did, o‘tgan zamon, going to, would like
- 7-mavsum · 73–84-darslarRejada
7-mavsum
Hozirgi davomli zamon va A1 bo‘yicha yakuniy takrorlash
1-darsdan parcha
Kichik sir: urg‘u
Taksi, metro, internet — bu so‘zlarni bilasiz. Faqat inglizlar urg‘uni boshqa bo‘g‘inga qo‘yadi. Belgilangan bo‘g‘in — urg‘uli.
O‘zbekcha
Inglizcha
O‘zbekcha
Inglizcha
O‘zbekcha
Inglizcha
O‘zbekcha
Inglizcha
O‘zbekcha
Inglizcha
O‘zbekcha
Inglizcha
Nega shunday — 1-darsda.
Tez orada
GapirEng platformasi
Videoni ko‘rdingizmi? Endi mashq qiling. Har bir dars platformada mashqlar, so‘z kartalari va jonli darslar bilan davom etadi.
Har darsdan keyin mashq
Savollarga javob bering va darhol tekshiring.
So‘z kartalari
Har bir so‘z — talaffuzi, o‘zbekcha va ruscha ma’nosi bilan.
Jonli darslar
Ustoz bilan gapirib, o‘rganganingizni mustahkamlang.
O‘sishingizni kuzating
Seriya, ballar va yutuqlar — har kuni bir qadam.
Platforma ochilishini birinchi bo‘lib YouTube va Instagram’da e’lon qilamiz.



Savollar
Ko‘p beriladigan savollar
O‘rganing. Gapiring. Davom eting.
Bepul darslar hozir YouTube’da. 1-darsdan boshlang — bir necha daqiqada birinchi inglizcha so‘zlaringizni aytasiz.
Bizni kuzatib boring
